SIKLON KIRISH QISMIDAGI OQIM TEZLIGINING SAMARADORLIKKA TA'SIRINI O‘RGANISH
Abstrakt
Maqolada siklon kirish qismidagi chang oqimining tezligi siklonlarning ishlashiga ta'siri o‘rganilgan. Oqim maydoni strukturasi Reynoldsning turbulentlik (MTNR) modeli yordamida hisob-kitoblar orqali ko‘rib chiqildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, siklondagi maksimal tangentsial tezlik siklonga kirish hajmi oshishi bilan kamayadi. Siklon fazosida tezlanish sodir bo‘lmaydi (maksimal tangentsial tezlik butun siklon bo‘ylab deyarli doimiy). Siklonga chang kirish hajmini oshirish bosimning pasayishini kamaytiradi. Siklonning diametri uning kirish qismi o‘lchami bilan ortadi (shuning uchun uyurma kuchi tufayli siklonning FIK pasayadi). Kirish kengligini o‘zgartirishning ta'siri kirish balandligidan ko‘ra muhimroq hisoblanadi. Tezlik tebranishi simulyatsiya qilishning siklon separatorlari samaradorligi oshishiga ta'siri (MTNR) va katta girdob simulyatsiyasi (MBV) yordamida raqamli o‘rganildi. Eyler-Lagranj modellashtirish yondashuvi Solidworks Flow Simulation tomonidan yuqori samarali Starmand siklonida 3D statsionar bo‘lmagan turbulent gaz va qattiq oqimlarni simulyatsiya qilish uchun ishlatilgan. Simulyatsiya natijalari mavjud adabiyot ma'lumotlari bilan solishtirildi. Natijalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, MTNR va MBV o‘rtacha oqim maydonini yetarli darajada aniqladi. Shuningdek, MBV har bir zarracha o‘lchami uchun o‘zgaruvchan oqim maydoni va ushlash samaradorligini prognoz qilishda yaxshi natijalar ko‘rsatdi. Siklonlarda tezlik tebranishlarini modellashtirish ham ushlash samaradorligi prognozida, ayniqsa, kichik zarralar uchun katta ta'sir ko‘rsatadi.