LAZER TEKISLIGIGA NISBATAN FOTOELEKTRIK REGISTRATOR YORDAMIDA O‘LCHASH ANIQLIGINI BAHOLASH
Abstrakt
Maqolada geodezik o‘lchashlardagi aniqlik va tezkorlik masalasi ko‘rib chiqilgan. Ushbu o‘lchash ishlarida tekislik tasvirida lazer nurining yoyilish tuguni hamda shaffof bo‘lmagan kvadratsimon plastinada Z holatda joylashgan va kirish qismida uchta optik tolalar bog‘lanmasi bilan birikkan uchta fotodatchikli patentlangan fotoelektrik registrator qo‘llanilgan. Fotodatchiklar elektron sxemaga hisoblagich va indikatorlar bilan ulangan. Fotoelektrik va optikelektron registratsiya qurilmalari hamda tekislik tasviridagi lazer nurining statik va dinamik yoyilish usullarining taqqoslovchi tahlili keltirilgan. O‘lchash aniqligiga ta'sir etuvchi asosiy omillar hamda yoyilgan lazer nuri tekisligi zonasidagi har bir nuqtaning uch koordinata bo‘yicha «gofrlangan» yuzaga – aylanmaning yorug‘lik yuzasiga ushbu omillar ta'sirini kamaytiruvchi usullar keltirilgan. Lazer nurining o‘qi atrofida aylanuvchi pentaprizma optik element sifatida tanlangan, yer yuzasi qiyaligini aniqlash va ijroni suratga olish jarayonida o‘lchash darajasini belgilovchi hisob-kitoblar keltirilgan.