IPAK QURTI URUG‘INI JONLANTIRISH JARAYONI UCHUN AEROIONIZATORNING OPTIMAL PARAMETRLARINI ANIQLASH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada tut ipak qurtining inkubatsiya jarayonida aeroionizator qurilmasidan foydalanish bo‘yicha olib borilgan ishlar atroflicha tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida mualliflar tomonidan ikkita xususiyatga ega, ya'ni ham havoni sun'iy aeroionlovchi, ham sun'iy shamollatuvchi yangi qurilma yaratildi. Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining “Tut ipak qurti va tut daraxti kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash” laboratoriyasida sinash bo‘yicha tajribalar o‘tkazildi. Tadqiqotlar har xil zot, duragay va muddatlarda olib borildi. Birinchi sinov-tajribalar 2022 yilning bahorgi mavsumida amalga oshirildi. Ipak qurti urug‘larini jonlantirish vaqtida urug‘larning ochib chiqish jarayoni davomiyligi va jonlanish foizlari aniqlandi. Yaratilgan yangi elektrotexnologik qurilma nafaqat havoni tozalovchi, balki ipak qurti urug‘lariga stimulyatsiya qilish xususiyatiga ega ekanligi tadqiq etildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, aeroionlovchi elektrotexnologik qurilmani qo‘llash orqali ipak qurti urug‘i ichidagi embrionning rivojlanish jarayonini tezlashtirishga erishish mumkin. Bunda mazkur qurilma hosil qilayotgan ionlashgan havo ipak qurti urug‘iga samarali ta'sir ko‘rsatadi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Abdunabiyev , D. (2022). IPAK QURTI URUG‘INI JONLANTIRISH JARAYONI UCHUN AEROIONIZATORNING OPTIMAL PARAMETRLARINI ANIQLASH . ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(5), 25–32. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/322
Ko'rishlar soni: 37