TUT IPAK QURTINING RAYONLASHTIRILGAN ZOTLARINI BOQISHDA TUTNING AYRIM NAVLARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ipakchilik qishloq xo‘jaligining muhim sohalaridan biri bo‘lib, asrlar davomida bu sohada pilla yetishtirishning an'anaviy texnologiyalari ishlab chiqilgan. Ammo butun dunyoda iqlim sharoitining global o‘zgarishi va xalq xo‘jaligining rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan ayrim muammolar ipak qurti parvarishida yangi usullar va boshqa ozuqa manbalar yaratishni taqozo etadi. Tut ipak qurtini sun'iy ozuqa yoki boshqa o‘simliklarga o‘tkazish bo‘yicha olib borilgan ko‘plab izlanishlar yaxshi samara bermadi. Ushbu tadqiqotda tut ipak qurtini boqishda ozuqa bo‘lmagan, ya'ni manzarali tut navlaridan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida qurtlarni boqish erta boshlanganda, ozuqa sifatida tutning dekorativ navlaridan foydalanish mumkinligi isbotlandi. Shahar sharoitida tutlarning erta vegetatsiyaga kirishi, dekorativ tut bargi yashil massasining ko‘pligi hisobga olinsa, ularda qurtlardan kichik yoshida ozuqa sifatida foydalanish mumkinligini ko‘rsatadi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Yakubov А., Larkina Е., Aqilov У., & Salixova К. (2022). TUT IPAK QURTINING RAYONLASHTIRILGAN ZOTLARINI BOQISHDA TUTNING AYRIM NAVLARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(5), 33–38. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/323
Ko'rishlar soni: 48