OLMA BOG‘LARIDA ODDIY O‘RGIMCHAKKANAGA (TETRANYCHUS URTICAE KOCH) QARSHI YANGI KIMYOVIY PREPARATNING BIOLOGIK SAMARADORLIGI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Mevali bog‘lar agrobiotsenozida oddiy o‘rgimchakkananing 30 dan ortiq ixtisoslashgan va polifag kushandalari aniqlangan bo‘lib, faqatgina ayrimlari amaliyotda qo‘llanilmoqda. Shunga ko‘ra, oddiy o‘rgimchakkananing bioekologik xususiyatlari, ularning mevali bog‘lar agrobiotsenozida tarqalishi, entomofag-xo‘jayin munosabatlari, ular miqdorini boshqarishda entomofaglar samaradorligini baholash hamda shu asosda oddiy o‘rgimchakkanaga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimini takomillashtirish muhim ilmiyamaliy ahamiyat kasb etgan. Biroq urug‘mevali bog‘larda fitofag kanalar zarari yuqori bo‘lishiga qaramay, uning tur tarkibi, sistematik tahlili, rivojlanishi, bioekologik xususiyatlari, ularning tabiiy kushandalari va miqdorini boshqarish usullari bo‘yicha yetarlicha tadqiqotlar olib borilmagan. Tajriba uchun olingan Akramayt 48 % (bifenazat) sus. k. (0,75 l/ga) esa Karache 10 % (lyambda-tsigalotrin) em.k (0,4 l/ga) preparatlari qo‘llanilgan 3-kundan boshlab tahlil qilib borildi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, yangi Akramayt 48 % (bifenazat) sus. k. (0,75 l/ga) preparati qo‘llanilgan variantda biologik samaradorlik 3-kuni eng yuqori bo‘ldi: ko‘rsatkichlar 3-kuni – 88,4%, 7-kuni – 81,8%, 14-kuni – 72,3%, 21-kuni esa 67,8%ni tashkil etdi. Tadqiqotning 21-kunidan boshlab zararkunanda miqdori yana ortdi. Mevali bog‘larda oddiy o‘rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch)ga qarshi kurashda kech kuz va erta bahorda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida olib borish, o‘suv davrida atrof-muhit va foydali hasharotlar uchun kam zaharli kimyoviy vositalarni qo‘llash orqali yetishtirilgan hosilni saqlab qolish mumkinligi isbotlangan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Rahmonov , A. (2022). OLMA BOG‘LARIDA ODDIY O‘RGIMCHAKKANAGA (TETRANYCHUS URTICAE KOCH) QARSHI YANGI KIMYOVIY PREPARATNING BIOLOGIK SAMARADORLIGI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(5), 56–60. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/325
Ko'rishlar soni: 29