QISHLOQ XO‘JALIGIDA IQTISODIY O‘SISH SIFATINI BAHOLASH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Iqtisodiy o‘sish iqtisodchilarni doimo qiziqtirib kelgan asosiy makroiqtisodiy muammolardan biridir. Hozirgi makroiqtisodiy vaziyatda muammoning yana bir tomoni namoyon bo‘lmoqda, ya'ni bugungi kunda masala nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki uning sifatini belgilovchi omillarni o‘rganishni ham taqozo qiladi. Biroq uni to‘laqonli o‘lchashga imkon beruvchi aniq bir ko‘rsatkichlar hali topilmagan. Shu jihatdan mazkur maqolada mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasida iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari o‘rganilgan va tahlil qilingan, sifatli iqtisodiy o‘sish yo‘llari tadqiq etilgan va uni belgilovchi statistik ko‘rsatkichlar baholangan. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy o‘sish sifatini ta'minlovchi asosiy ko‘rsatkichlar sifatida material qaytimi, kapital qaytimi va mehnat unumdorligi kabi ko‘rsatkichlar tanlab olindi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida qishloq xo‘jaligida material va kapital qaytimi ko‘rsatkichlari pasayib borayotgani, mehnat unumdorligi indeksi o‘sayotgani aniqlandi. Iqtisodiy o‘sish tushunchasiga berilgan ta'riflarga aniqlik kiritildi, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy o‘sish sifatini belgilab beruvchi statistik ko‘rsatkichlar tizimlashtirildi. Tadqiqot davomida olingan natijalar iqtisodiy o‘sish mohiyatini ochib berish va ilg‘or tajribalar bilan qiyoslash imkonini beradi. Shuningdek, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida sifatli iqtisodiy o‘sishni ta'minlash bo‘yicha aniq xulosa va takliflar bildirildi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Abduvohidov , A., Eshpo‘latov , D., & Qodirova , D. (2022). QISHLOQ XO‘JALIGIDA IQTISODIY O‘SISH SIFATINI BAHOLASH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(5), 61–70. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/326
Ko'rishlar soni: 15