O‘ZBEKISTON SUG‘URTA BOZORINI RAQAMLASHTIRISH: TENDENTSIYALAR VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
Abstrakt
Maqolaning maqsadi – raqamlashtirishning nazariy va amaliy tamoyillarini o‘rganish hamda uning O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi asosiy tendentsiyalarini aniqlashdan iborat. Aytib o‘tish lozimki, raqamlashtirish nafaqat axborotni elektron holatda zamonaviy telekommunikatsiya kanallari orqali tarqatish, balki sug‘urta kompaniyalari mijozlariga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida yangi telekommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy etish jarayonidir. Sug‘urta sohasidagi amaliy faoliyatni hisobga olgan holda, quyidagi asosiy innovatsion texnologiyalar tahlil qilindi: veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, chat-botlar, videoxosting, videotelefoniya, bulutli texnologiyalar va boshqalar. O‘zbekiston moliya institutlari davlat reyestriga kiritilgan sug‘urta kompaniyalarining 80 %ida veb-sayt borligi aniqlandi. Ushbu rasmiy veb-saytlarda joylashtirilgan ma'lumotlarga asoslanib, maqolada innovatsion texnologiyalarning alohida elementlaridan foydalanish tahlil qilindi. Shu asosda sug‘urta bozorini raqamlashtirishning oltita asosiy tendentsiyasi belgilandi: raqamlashtirish sug‘urta bozorini shakllantirishning yangi yo‘nalishi sifatida O‘zbekistonda endi boshlandi, biroq jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda; sug‘urta kompaniyalari tomonidan potentsial mijozlar va amaldagi sug‘urtachilarga taklif etilayotgan yangi xizmatlarning butun majmuasini o‘z ichiga olgan raqamli sug‘urta tizimini kengaytirish; mobil ilovalar yaratish orqali mobil sug‘urta tizimini shakllantirish; telematikani joriy etish; sug‘urta xizmatlari uchun avtomatlashtirilgan tizimlar ishlab chiqish va bulutli texnologiyalardan foydalanish.