GAZ TAQSIMLASH VALI KULACHOGI PROFILINING GEOMETRIK KO‘RSATKICHLARI VA YEYILISHBARDOSHLIGI
Abstrakt
Maqolada D-240 ichki yonuv dvigateli taqsimlash vali kulachoklari profilining tashkil etuvchi qismlari, kulachok profili va turtkich gilzasidan iborat bo‘lgan ishqalanish juftligiga qo‘yilgan talablar hamda ularning konstruktiv xususiyatlari tahlil qilingan. Kiritish va chiqarish kulachok profillarining tashkil etuvchi qismlari o‘lchamlari hamda ularning xususiy jihatlari o‘rganilgan. Kulachok va turtkich gilzasidan tuzilgan ishqalanish uzelining tutashuv kengligi va maydoni, sirpanish darajasi hamda moyli muhitda ishlovchi kiritish va chiqarish kulachok profilining yeyilish tezligi, ishqalanish sirtlarining g‘adir-budurlik ko‘rsatkichlari hamda ishqalanish uzeli orasidagi moy pardasining qalinligini nazarda tutuvchi hisoblash uslubiyatlari ishlab chiqilgan. Kulachok profillari yeyilish tezligiga ta'sir ko‘rsatuvchi normal yuklama, ularning burchak tezligi, sirpanish darajasi, tutashuv kengligi, materialining oqish chegarasiga bog‘liqligini aniqlash imkonini beruvchi analitik bog‘lanishlar keltirib chiqarilgan.