KONTSENTRATSIYALANGAN QUYOSH NURLANISHI OQIMI TAЪSIRIDA ERITISH ORQALI METALLURGIYA TEXNOGEN CHIQINDILARI TARKIBIDAN METALL QOTISHMALARINI AJRATIB OLISH JIHATLARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada noorganik materiallarni qayta ishlash texnologik jarayonlarida, xususan, kontsentrlangan yuqori zichlikdagi quyosh radiatsiyasi oqimida materiallarni qayta ishlashda oyna-kontsentratsion tizimlar asosidagi quyosh qurilmalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tog‘-metallurgiya jarayonlari chiqindilarini qayta ishlash muammosini hal qilish uchun tog‘-kon va metallurgiya chiqindilarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri metall qazib olinadigan chiqindixonalar yaqinida qayta ishlash imkonini beruvchi mobil, ixcham quyosh qurilmalaridan foydalanish taklif etiladi Kon chiqindilaridan metallar olish maqsadida qayta ishlash uchun kuyosh kurilmasining geometrik va optik-energetik parametrlari hisoblanadi. Ko‘rsatilganidek, geliostat (100 m2 ) va diametri 10 m bo‘lgan paraboloid shaklidagi kontsentratordan iborat oynalar tizimi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining metallurgiya chiqindilarini eritish uchun yetarli zichlikdagi quyosh nurlari oqimini yo‘naltirishi mumkin. Material uglerod muhitida qizdirilganda, ularning oksidli holatidan metallni qaytarish jarayoni MeO + C = Me + CO reaktsiyasiga muvofiq borishi aniqlandi. Ba'zi metallar havoda sovitilganda, kislorodga kimyoviy yaqinligiga ko‘ra oksidlanadi. Ma'lum bo‘lishicha, xom-ashyoni doimiy ravishda yetkazib berish orkali 1 quyoshli kunda 2400 kg hajmdagi material eritish imkoni mavjud. Bu shuni ko‘rsatadiki, bitta quyosh pechida 1 yilda 110 t temir va 16 t mis ajratilib, 500 t sanoat chiqindilarini qayta ishlash mumkin. Chiqindilarni ulьtratovush bilan ishlav beri orkali ulardagi mis miqdori materialning dastlabki holatiga nisbatan 8 marta ko‘payishiga erishish mumkinligi ko‘rsatilgan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Parpiyev О., Payzullaxanov М.-С., & Akbarov Р. (2022). KONTSENTRATSIYALANGAN QUYOSH NURLANISHI OQIMI TAЪSIRIDA ERITISH ORQALI METALLURGIYA TEXNOGEN CHIQINDILARI TARKIBIDAN METALL QOTISHMALARINI AJRATIB OLISH JIHATLARI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(6), 18–25. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/330
Ko'rishlar soni: 96

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari