SPRINKLER SUG‘ORISH USULINING GIDRAVLIK SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Abstrakt
Maqolada sprinkler sug‘orish tizimi samaradorligini baholash va ishonchli loyihalash uchun ayrim dala tadqiqotlarini bajarish usullari yoritilgan. Shuningdek, sug‘orish tizimida suv sarfining hudud bo‘ylab taqsimlanishi va undagi yo‘qotishlar tahlil qilinadi. Sprinklerning suv taqsimotini baholashda Kristiansenning Cu o‘xshashlik koeffitsiyentidan foydalanildi. Catch Can usuli uch turdagi kombinatsiya: sprinkler balandligi, sprinklerdan chiqayotgan suv sarfi va napor o‘zgarishini o‘rganish orqali amalga oshirildi. Kristiansen koeffitsiyenti bir necha xil naporda sprinkler balandligiga ko‘ra sarfning taqsimlanishini hisobga olishdagi tajribalar yig‘indisi asosida aniqlandi. Tadqiqotlar Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani “XXI asr xirmoni” fermer xo‘jaligida olib borildi. Yuqorida keltirilgan usul asosida suv taqsimotini baholashda eng maqbul balandlik aniqlandi. Dala tajribalari hamda ularning tahlili asosida suv sarfi bo‘yicha sprinkler balandligi va oqim taqsimoti asosida grafik tuzildi.