QISHLOQ JOYLARDA AHOLINING NORASMIY ISH BILAN BANDLIGINI KAMAYTIRISHNING SAMARALI MEXANIZMLARINING METODOLOGIK ASOSLARI
Abstrakt
Ushbu maqolada raqamlashtirilgan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida norasmiy ish bilan bandlikni kamaytirishning samarali mexanizmlarining metodologik asoslari ishlab chiqilgan. Unda respublikamiz qishloq hududlarida mehnatga layoqatli aholining norasmiy ish bilan bandlik holati tizimli tahlil etilgan. Mahalliy va xorijiy iqtisodchi olimlarning ilmiy qarashlarini chuqur tahlil etish asosida norasmiy ish bilan bandlikni kamaytirish bo‘yicha metodologik tadqiqotlar olib borish zaruriyati asoslangan. Ilmiy izlanishlar natijalariga ko‘ra, iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan bandlikning faoliyat ko‘rsatish, daromad olish va ish bilan bandlik maqomi bo‘yicha asosiy turlari aniqlangan va ularning tarkibiy elementlari turkumlashtirilgan. Mazkur metodologik tadqiqotlar asosida qishloq joylarda norasmiy ish bilan bandlikni kamaytirishning samarali iqtisodiy, ijtimoiy-demografik va tashkiliy-huquqiy mexanizmlari hamda ularning tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan. Yakunda metodologik nuqtai nazardan qishloq hududlarda mehnatga layoqatli aholining norasmiy ish bilan bandligini kamaytirishning asosiy mexanizmlari samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyanomalar ishlab chiqilgan.