O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTINI 2030 YILGACHA INNOVATSION RIVOJLANTIRISH DAVRIDA TASHQI IQTISODIY STRATEGIYA

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

O‘zbekistonni 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kontseptsiyasida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlash va qashshoqlikka qarshi kurashish, shuningdek, milliy eksport raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan makroiqtisodiy siyosat muhim iqtisodiy asos sifatida e'tirof etilgan. O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kontseptsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, shubhasiz, iqtisodiy rivojlanishning tashqi omillariga jiddiy e'tibor qaratishni taqozo etadi. Bugungi kunda global ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish masalasi xalqaro miqyosdagi eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Jahon Savdo Tashkiloti (JST) ko‘p tomonlama savdo tizimining huquqiy va institutsional organi sifatida erkin tovar ayirboshlash jarayonida turfa xil afzalliklarga ega bo‘lgan xalqaro tashkilotdir. Ayni paytda ushbu tashkilotga 164 ta davlat a'zo bo‘lib, O‘zbekistonning integratsiyalashuvi ekspert va olimlar o‘rtasida turli mushohadalarga sabab bo‘lmoqda

Mualliflar haqida

How to Cite

Yusupov , A. (2022). O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTINI 2030 YILGACHA INNOVATSION RIVOJLANTIRISH DAVRIDA TASHQI IQTISODIY STRATEGIYA. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(6), 97–103. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/338
Ko'rishlar soni: 48