QISHLOQ XO‘JALIGIDA IQTISODIY O‘SISH BARQARORLIGINI OSHIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMI TAHLILI
Abstrakt
Har qanday milliy iqtisodiyot uchun mamlakatda iqtisodiy o‘sish barqarorligini ta’minlash asosiy makroiqtisodiy vazifalardan biridir. Barqaror va keng qamrovli iqtisodiy o‘sish barcha uchun munosib ish o‘rinlari yaratish, taraqqiyot va nihoyat, hayot sifatini oshirishga imkon berishi mumkin. Shuning uchun mazkur maqolada barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari tahlil qilingan. Empirik nazariy usullardan foydalanib, mahalliy va xorijiy ilmiy adabiyotlar o‘rganilgan. Olingan natijalar asosida qishloq xo‘jaligida iqtisodiy o‘sishni aks ettiruvchi muhim ko‘rsatkichlar aniqlangan va tizimlashtirilgan. Statistik ko‘rsatkichlar makro, mezo (alohida tarmoq) va mikro (korxonalar) darajasida guruhlangan. Dispersion tahlil asosida iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarining barqarorlik darajasini baholash natijasida bir qator ko‘rsatkichlarda yuqori beqarorlik darajasi aniqlangan. Shuningdek, qiyosiy tahlil davomida xususiy ko‘rsatkichlar va xalqaro ko‘rsatkichlar solishtirilgan hamda o‘xshashliklar aniqlangan. Shu bilan birga, ilmiy tadqiqot natijalarini umumlashtirib, agrar sohada barqaror iqtisodiy o‘sish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy takliflar berilgan.