O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SAVDOSI TARKIBINING 2022–2026 YILLAR UCHUN PROGNOZ KUTILMALARI
Abstrakt
Jahonda globallashuv jarayonlari chuqurlashib borayotgan bugungi kunda tashqi savdo barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlashning muhim omillaridan biriga aylanmoqda. Maqolada O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdosi tarkibi o‘rganilib, shu asosda tahlil olib borilgan. Unda keyingi yillarda mamlakatimizdagi chuqur islohotlar sabab barcha sohalarda bo‘lgani kabi tashqi savdoda ham tub o‘zgarishlar kuzatilayotganligi, shuningdek, sohada mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar sababli tashqi savdoning oshayotganligi, mamlakatimizning eksport raqobatbardoshligi mustahkamlanayotganligi keltirib o‘tildi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdosi tarkibi uchun R kompyuter dasturida iyerarxik vaqtli qatorlar to‘plami usuli yordamida 2022–2026 yillar prognozi ishlab chiqilgan. Bunda mamlakatimiz tovar va xizmatlar eksporti hamda importi tarkibi geografik yo‘nalishiga ko‘ra ikki qismga ajratildi, ya'ni MDH mamlakatlari va boshqa xorij mamlakatlari bilan eksport-import tarkibi prognozlari ishlab chiqildi.