YARATILGAN AVTONOM RAQAMLI SEYSMIK STANTSIYANING SAMARADORLIGI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqola 3 kanalli avtonom raqamli seysmik stantsiyani yaratish bo‘yicha bajarilayotgan ilmiy tadqiqot natijalariga asoslangan. Ushbu stantsiya seysmik signallarni ochiq kanalda, turli kuchaytirilish imkoniyatiga ega, 8 dan 50 millisekundgacha bo‘lgan diskretizatsiya qadami bilan, 20 va undan ortiq sutka vaqt uzluksiz yozib, GPS o‘rnatilganligi vaqt va koordinatalar aniqligini ta'minlab beradi. ARSSning texnik xarakteristikalari ishlab chiqilgan, blok-sxemalari tuzilgan va uning ishlash algoritmlari ko‘rsatilgan. Seysmik stantsiyaning namunasi yaratilgan, stantsiyani qo‘llash mumkin bo‘lgan sohalar, hal etilishi mumkin bo‘lgan muammolar ko‘rsatib o‘tilgan. Seysmik stantsiyaning o‘lchamlari va og‘irligining kichik ekanligi logistik xarajatlar, ya'ni dala ishlari xarajatlarini bir necha barobarga qisqartiradi, yetarlicha katta xotira hajmi, foydalanish qulayligi va seysmik hodisalarni raqamli qayd etishning mukammal sifati stantsiyadan keng ko‘lamda foydalanish uchun sharoit yaratadi.

Mualliflar haqida

How to Cite

To‘xtasinov , A., & Husanbayev , D. (2020). YARATILGAN AVTONOM RAQAMLI SEYSMIK STANTSIYANING SAMARADORLIGI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(6), 55–62. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/350
Ko'rishlar soni: 29