TUT IPAK QURTINING YANGI SANOAT DURAGAYLARI KOMPONENT ZOTLARINING MAHSULDORLIK KO‘RSATKICHLARINI SELEKTSION TANLASH NATIJASIDA O‘ZGARTIRISH
Abstrakt
Ushbu maqolada tut ipak qurti maksimal darajada geterozis xususiyatini namoyon etishi uchun birinchi avlod duragayi sifatida parvarish etilishi bayon etildi. Agar yaratilayotgan duragaylarning komponent zotlari yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa, geterozis samarasi ham yuqori bo‘ladi. Shuning uchun pillakorlar uchun hozirgi vaqtda kerak bo‘lgan yuqori belgilarga ega zotlarni tanlash muhim ahamiyatga ega. Buning uchun komponent zotlarning u yoki bu ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan selektsion tanlov olib boriladi. Ushbu tatqiqotlarda tanlash ishlari zotlarning mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga qaratilgan. Uch yil olib borilgan selektsiya naslchilik ishlari natijasida ipak qurti tuxumining ayrim ko‘rsatkichlari sezilarli o‘zgartirdi. Tut ipak qurtining Ya-120, Kitayskiy-108, MG, Ipakchi-2 zotlarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida aniq yo‘naltirilgan selektsion tanlash ishlari qo‘ymadagi sifatli tuxumlar sonining ortishi va fiziologik brak miqdorining kamayishiga olib kelishi isbotlandi.