ELEKTR HARAKATLANUVCHI TARKIB TEBRANISHLARINING GIDROFRIKTSION SO‘NDIRUVCHISINI ANALITIK-SONLI HISOBLASH USULI
Abstrakt
Ushbu maqolada elektr harakatlanuvchi tarkib (EHT) tebranishlarining gidrofriktsion so‘ndiruvchisini dinamik hisoblashning matematik modeli taqdim etilgan. Dinamik va dissipativ xususiyatlarga ega torsion turdagi tebranishlar gidrofriktsion so‘ndiruvchisining yangi konstruktsiyasi taklif etilgan bo‘lib, ixtirolar uchun beriladigan O‘zbekiston Respublikasi Patentiga talabnoma yuborilgan. Torsion turdagi EHT tebranishlari gidrofriktsion so‘ndiruvchisining dinamik mustahkamligi borasidagi masalalarning hal etilishi ishchi suyuqlikda aylanish orqali harakatlanadigan val ko‘rinishidagi ushbu so‘ndiruvchining uzel va detallarida dinamik hodisalarni modellashtirish imkonini beradi. Shu kabi analitik-sonli usulni qo‘llagan holda turli xil gidromexanik tizimlarni tahlil qilish mumkin. Masalan, elektr harakat tarkiblari uchun mo‘ljallangan torsion turdagi gidravlik va gidrofriktsion tebranish so‘ndirgichlarining dinamik faoliyatini ushbu usulni qo‘llagan holda o‘rganish mumkin. Stend orqali shu kabi dinamik sinovlar O‘zbekiston deposida o‘tkazildi. Sinovni o‘tkazish uchun torsion turdagi takomillashtirilgan gidrofriktsion tebranish so‘ndirgichi qo‘llanildi.