MEMBRANALI SUV TUZSIZLANTIRISH TIZIMLARI UCHUN YANGI IMPORT O‘RNINI BOSUVCHI ANTISKALANT

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqola O‘zbekistonda foydalanib kelinayotgan suvni sho‘rsizlantirishda ishlatiladigan teskari osmos membranalarini himoya qilish uchun yangi import o‘rnini bosadigan antiskalant (cho‘kma hosil bo‘lishining ingibitori) yaratishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, respublikamizga xos bo‘lgan tabiiy sho‘r suvlarni tozalash jarayonida teskari osmos membranalari mineral tuzlar va kolloid zarrachalar bilan tezda ifloslanadi. Bu esa membranalarning ish unumdorligi pasayishi hamda qimmat bo‘lgan teskari osmosli suv tozalash tizimlari ishlash muddatining keskin qiskqarishiga olib keladi. Ko‘rsatilganki, ishlab chiqilgan import o‘rnini bosuvchi antiskalant membranalarda cho‘kma hosil bo‘lish muammosining oldini oladi, shu bilan birga, uning xususiyatlari qimmat bo‘lgan xorijiy analoglardan kam emas. 2020 yildan boshlab respublika aholisini yuqori sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash uchun yangi antiskalantdan foydalaniladigan membranali suvni tuzsizlantirish tizimlari faol ravishda joriy etilmoqda.

Mualliflar haqida

How to Cite

Garipov И., Yuldashev А., Gapurova О., Abduhakimov М., Haydarov Р., & Sadikov И. (2020). MEMBRANALI SUV TUZSIZLANTIRISH TIZIMLARI UCHUN YANGI IMPORT O‘RNINI BOSUVCHI ANTISKALANT. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(6), 103–114. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/357
Ko'rishlar soni: 41