DISKALI FREZA YORDAMIDA SILINDRIK TISHLI G‘ILDIRAKLAR TISHLARINI KESISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada turli ishlab chiqarish sharoitida tish frezalash uchun yig‘iladigan diskali modulli frezaning yangi konstruktsiyasi yordamida silindrik tishli g‘ildiraklar tishlarini kesish texnologiyasini takomillashtirish, asbobsozlik materiallari uchun xarajatlarni kamaytirish va yig‘iladigan diskali frezaning konstruktsiyasini o‘zgartirish hisobida ularni tayyorlashni osonlashtirish masalalari ko‘rilgan. Mazkur konstruktsiyaning mohiyati shundan iboratki, evolьvent profilli tishli g‘ildiraklar tishlarini kesishdagi radialь tepish minimal darajaga tushiriladi, qaysiki tish kesish operatsiyasi tokarlik dastgohlarida amalga oshiriladi. Yig‘iladigan diskali frezaning iqtisodchan konstruktsiyasini loyihalash asosida profilь shakli evolьventli bo‘lgan tishli g‘ildiraklarga ishlov berishning yangi texnologiyasi tavsiya etilmoqda. Maqolada tish frezalash frezasining konstruktiv parametrlari to‘g‘risida fikr yuritilgan, tish frezalash frezalarining afzalliklari va kamchiliklari keltirilgan. Bunda har xil kesish sxemasiga ega bo‘lgan frezaning konstruktiv va geometrik parametrlarini aniqlashga asosiy e'tibor qaratilgan. Ta'riflangan usullarda loyihalanayotgan asboblar tishli g‘ildiraklarni kichik seriyali ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Mardonov Б., Aliqulov Ж., & Aslonov Ж. (2019). DISKALI FREZA YORDAMIDA SILINDRIK TISHLI G‘ILDIRAKLAR TISHLARINI KESISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 2(5), 83–88. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/361
Ko'rishlar soni: 47