ILMIY MAQOLA MATNINING ASOSIY QISMINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI
Abstrakt
Ushbu maqolada ilmiy maqola janriga tavsif beriladi va uning turlari batafsil izohlanadi. Ilmiy maqolani xalqaro ilmiy jurnallar talablariga ko‘ra rasmiylashtirishda IMRAD standarti qo‘llanilishi va ushbu standart bo‘yicha maqola tuzilishi jadval ko‘rinishida keltiriladi. Mazkur standart Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta'lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy jurnallarda chop etiladigan maqolalarni tayyorlash va rasmiylashtirishga oid tavsiyalar bilan taqqoslandi va farqli jihatlari ko‘rsatib o‘tildi. Ushbu ikki standart asosida O‘zbekistonda nashr etilayotgan «Ilm-fan va innovatsion rivojlanish» ilmiy jurnaliga yuborilayotgan ilmiy-amaliy maqolalar asosiy qismi strukturasiga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqildi.