NАPORLI VА NАPORSIZ TIZIMLАRDА OQIMNING АJRАLISHI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Muhandislik tajribasida o‘zaro tutashgan joylarida vixrli sohalar kuzatilishi mumkin bo‘lgan, oqimlarning qo‘shilishi va ajralishi bilan bog‘liq masalalar tez-tez uchrab turadi. Maqolada suyuqlik harakatining kanallarda yon tarafga ajralish masalasi ko‘rib chiqilgan, shuningdek, oqimlarning qo‘shilishi va ajralishiga bag‘ishlangan ilmiy ishlar, suyuqlikning o‘zanlardagi naporli va naporsiz harakatlari tahlil qilingan, tizim konstruktiv parametrlarining oqim gidravlik elementlariga taʼsiri o‘rganilgan. Oqim nazariyasi formulalaridan foydalanib, kanal va oqim ajratgichning asosiy parametrlarini izohlovchi funksiyalar ishlab chiqilgan. Bu funksiyalar yordamida vixrli soha chegarasi chiziqlari va oqim bir tekis taqsimlanishi uchun zarur bo‘lgan suyuqlik ayirgichning ulanish burchaklarini aniqlash mumkin. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, oqim asosiy kanal va ayirgichda bir tekis taqsimlanishi uchun ayirgichni burchak ostida ulash kerak, shunda vixr egri chizig‘i aylana yoyiga juda yaqin bo‘ladi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Arifjanov А., Rahimov К., & Rahimov А. (2022). NАPORLI VА NАPORSIZ TIZIMLАRDА OQIMNING АJRАLISHI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(2), 75–81. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/38
Ko'rishlar soni: 19