TOG‘ JINSLARINI QOZIQSIMON INSTRUMENT BILAN BUZISHNING ENERGETIK O‘LCHAMLARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada qoziqsimon instrument yordamida tog‘ jinsini buzishda energetik o‘lchamlar tadqiq qilingan. Qoziqsimon instrumentning tog‘ jinsiga ta’siri natijasida kuchlanish hamda kuchlanganlik va bir qatorda joylashgan qoziq ko‘rinishidagi ikkita manbaning kuchlanish komponentlari sxemalari keltirilgan. Qoziqsimon instrumentning tog‘ jinsini buzishdagi energetik o‘lchamlarini asoslash uchun qoziqsimon instrumentning bir martalik zarb energiyasi va tog‘ jinsini buzish energiya hajmiyligi nazariyasi o‘rganilgan. Ushbu ish tog‘ jinsini statik va dinamik usullar bilan yuklama berish orqali buzuvchi mashina va mexanizmlarni yaratish uchun asos bo‘ladi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Maxmudov , A. (2023). TOG‘ JINSLARINI QOZIQSIMON INSTRUMENT BILAN BUZISHNING ENERGETIK O‘LCHAMLARI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 6(1), 10–15. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/383
Ko'rishlar soni: 67