KARER EKSKAVATORLARI UNUMDORLIGI VA FUNKTSIONALLIGINI HISOBLASH METODIKASI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Karьer ekskavatorlari unumdorligini hisoblash metodikasi bo‘yicha amalga oshirilgan tahlillar va tekshiruv natijalari shuni ko‘rsatdiki, ekskavator unumdorligini aniqlash bo‘yicha tog‘ jinslarining fizik va mexanik xususiyatlari, kovjoyning texnologik o‘lchamlari, ekskavatorning konstruktiv va kuch o‘lchamlari, uzluksiz ishlash ehtimolligi, transport vositasining tasodifiy uzatilishi, ekskavator mashinistining malakasi, klimatik sharoitlarni inobatga oluvchi yagona metodika mavjud emas. Aniq kon-geologik sharoitlar uchun ekskavatorlar unumdorligini hisoblash qazish-yuklash ishlarini rejalashtirish va normallashtirish, transport vositasini tanlash va ta'minlash hamda ular funktsionalligining ratsional rejimlarini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Mavjud ochiq kon sharoitlari uchun ekskavatorning unumdorligi karьer ekskavatorlarining konstruktiv o‘lchamlariga ma'lum miqdorda ta'sir etuvchi va qiyin o‘lchanadigan tabiiy, kon-texnologik, tashkiliy omillarga bog‘liq. Aslida, omillarning aksariyati ehtimollik xususiyatiga ega. Buning oqibatida har bir real holat uchun ko‘p omilli ish sharoitlari va texnologik bog‘liq bo‘lgan jihozlarning texnik holatidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, unumdorlik qiymatlarini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Shu bois tog‘-kon ekskavatorlari ish unumdorligi qiymatini yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda aniqlash dolzarb masaladir.

Mualliflar haqida

How to Cite

Mahmudov , S. (2023). KARER EKSKAVATORLARI UNUMDORLIGI VA FUNKTSIONALLIGINI HISOBLASH METODIKASI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 6(1), 16–23. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/385
Ko'rishlar soni: 38