“DEEP LEARNING” YORDAMIDA BRAYL YOZUVIDAGI MATNLARNI TANIB OLISHNING USULLARI
Abstrakt
Ko‘rish imkoniyati cheklangan va ko‘zi ojiz insonlar juda ko‘p qiyinchiliklarga duch kelishadi. Mazkur tadqiqot bunday insonlarga mustaqil ravishda matnlarni mutolaa qilishi va hayotidagi turli muammolarni bartaraf etish, shuningdek, sun’iy intellekt yordamida o‘zlari xohlagan adabiyot va turli xabarlar matnlarini boshqalarga qaram bo‘lmasdan o‘qiy olishi va tushunishlariga yordam beradi. Brayl alifbosi ko‘zi ojiz va ko‘rish qobiliyati zaif insonlar o‘rtasidagi yozma ma’lumot almashishning eng samarali vositasi hisoblanadi. Brayl alifbosi bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun Brayl hujjatlarining tarjimasi ko‘rish qobiliyati zaif va ko‘rish qobiliyati past insonlar o‘rtasidagi yozma muloqot uchun asosdir. Ko‘zi ojiz insonlar bu kodlarni tushunmaydi va ularning Brayl kodini tushunishga bo‘lgan ehtiyoji butun dunyo bo‘ylab turli tillarda Optik Braylni tanish (OBT)ning rivojlanishiga olib keldi. OBT hozirda yangi, sinab ko‘rilmagan va ko‘p qadamli tadqiqotlarni talab qiladigan sohadir. Taklif etilgan OBR tizimini muvaff aqiyatli amalga oshirishdan maqsad – ko‘zi ojiz va ko‘rish imkoniyati cheklangan insonlar o‘rtasidagi o‘zbek tilida yozma aloqa bo‘shlig‘ini kamaytirishdan iborat. Ushbu maqolada Brayl alifbosi yozma hujjatlardagi turli tinish belgilarini tanib olish uchun o‘zbek Brayl identifi katori (O‘BI) tizimi tasvirlangan.