OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QONUNLASHTIRUVCHI TIBBIYOT METROLOGIYASI SAMARADORLIGI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Vaqt oʻtishi bilan tibbiyot oʻlchash vositalarining xavfsizligi va ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. COVID-19 kabi inqirozli vaziyatlar tibbiyot oʻlchash vositalarini nazorat qilish mexanizmlarining yetishmasligi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy ta’sirlarni yanada yorqinroq koʻrsatib berdi. Ushbu tadqiqotning maqsadi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi (DVTBTTESDM) hamda Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti (OʻzMMI) tomonidan joriy etilgan tibbiyot metrologiyasi huquqiy asoslari natijalarini taqdim etishdan iborat. Tadqiqot 2016-yildan 2021-yilgacha boʻlgan davrda barcha sogʻliqni saqlash muassasalarida 11 turdagi tibbiyot oʻlchash vositalari yillik metrologik tekshiruvi natijalaridan toʻplangan ma’lumotlarga asoslanadi. Xulosa chiqarish uchun ma’lumotlar konvertini tahlil qilish (Data envelopment analysis) metodidan foydalanildi hamda natijalar Bosniya va Gersegovina davlatlarida olib borilgan tadqiqot natijalari bilan taqqoslandi. Tadqiqot davomida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, sog‘liqni saqlash sohasida metrologiyani qonuniylashtirish tibbiyot oʻlchash vositalari aniqligini sezilarli darajada oshirishga olib keladi. Bu esa diagnostika va davolash jarayonlarining ishonchliligi va bemorlar xavfsizligini oshiradi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Nishonov , V., Badnjevich , A., & Muminov , N. (2023). OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QONUNLASHTIRUVCHI TIBBIYOT METROLOGIYASI SAMARADORLIGI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 6(1), 42–53. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/390
Ko'rishlar soni: 65