ORTOPEDIK NUQSONI MAVJUD BOLALAR KIYIMINI ISHLAB CHIQISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada bolalarda uchraydigan chanoq-son bo‘g‘imi chiqishi kasalligi, xastalik davrida zarur bo‘ladigan bolalar maxsus kiyimi, ortopedik nuqsonli bolalar kiyimlarining turlari hamda xorijiy analoglari o‘rganildi va tahlil qilindi. Bolalar maxsus kiyimi uchun gazlamalarning fizik-mexanik ko‘rsatkichlari aniqlandi. Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida ortopedik nuqsonli bolalar kiyimi uchun asosiy va qo‘shimcha material turlarining tavsiyasi ishlab chiqildi. Toshkent shahar va Jizzax viloyati bo‘yicha 0 oylikdan 11 oylikkacha bo‘lgan 180 nafar chaqaloq tizzalari orasi o‘lchami olinib, tadqiqot o‘tkazildi. Tosni kerib beruvchi moslamalar ichida keng qo‘llaniladigan Freyk shinasi 5 ta o‘lchamda tavsiya qilindi. O‘zbekiston iqlim sharoitini hisobga olib, so‘rovnoma asosida ortopedik nuqsonli bolalarmaxsus kiyimini loyihalash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida mahalliy paxta tolali trikotaj polotnosidan bolalar maxsus kiyimi paketi shakllantirildi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Rasulova , M., & Orziqulova , G. (2023). ORTOPEDIK NUQSONI MAVJUD BOLALAR KIYIMINI ISHLAB CHIQISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 6(1), 54–61. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/392
Ko'rishlar soni: 30