TOMCHILATIB SUG‘ORISH TIZIMIDA TUPROQ NAMLIGINI MASOFADAN VA KLASSIK USULDA ANIQLASH TEXNOLOGIYALARI
Abstrakt
Mazkur ilmiy ishda Samarqand viloyatida tomchilatib sug‘orish tizimidan foydalanishda tuproq namligini masofadan aniqlas bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologiyaning sinov natijalari ko‘rsatilgan. Tadqiqot olib borilgan hududning o‘rtacha yillik yog‘ingarchilik miqdori 370 mm, maydon kengligi 240 000 m2ni tashkil etadi. O‘rganilayotgan texnologiya asosida sinovdan o‘tkazilayotgan obyekt Samarqand viloyati Payariq tumanida dengiz sathidan 634 m yuqorida joylashgan 40°00’43.97’’ 66°54’51.35. Obyekt jami 12 ta kichik maydonlarga bo‘lib o‘rganildi. Bunda har bir kichik obyektga bir donadan namlikni o‘lchash sensorlari o‘rnatilib, ularning aloqa almashishi uchun GSM modullardan foydalanildi. Natijalar samaradorligi va aniqligini tahlil etish uchun har bir sensordagi ma’lumotlar ikki kunda bir marta klassik usul orqali termostatlarda ham tekshirildi. Klassik usulda o‘lchangan namlik va sensorlardagi namliklar farqi bo‘yicha grafi k va maksimal sensorlarning o‘zaro masofalari jadvali ishlab chiqildi. Olib borilgan ilmiy ishning amaldagi tajribalardan asosiy farqi namlik monitoringi tuproqning 3 xil chuqurligida va yengil qumoq, o‘rta qumoq, og‘ir qumoq, gilli qatlamlarda olib borilganligida. Hozirgi kunda bu kabi texnologiyalarga talab o‘ta yuqori. Tomchilatib sug‘orish tizimidagi yer maydonlar o‘rtacha 15-20 gektarni tashkil etib, bunda sug‘orish oralig‘i va sug‘orish me’yorini aniqlashda daladagi tuproq namligi yuqori o‘rin tutadi. Har doim ham tuproq namunalarini klassik, ya’ni termostat yoki bosh quritish usullari bilan aniqlashning vaqt jihatdan imkoni yo‘q. Quyidagi biz ikki turdagi tuproqni aniqlash usuliga sarfl angan vaqt va uning aniqlik darajalarini ham ko‘rib o‘tamiz. Klassik va zamonaviy usulda olingan namlik natijalaridagi xatoliklar klassikda 1%, zamonaviy usulda 10%, zamonaviy usulda olingan ma’lumotlar aniqligini 90 foizdan 97,5-98,5 foizga ko‘tarish bo‘yicha yechimlar ko‘rib chiqiladi.