SHAMOLLATISH TARMOQLARINI MODELLASHTIRISHDA GERMETIK BO‘LMAGAN KON LAHIMLARIDA AERODINAMIK KO‘RSATKICHLARNI EKSPERIMENTAL TADQIQ QILISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada kon lahimlari va tajriba qurilmalarida o‘tkazilgan
eksperimental tadqiqotlarda shamollatish tarmoqlaridagi germetik bo‘lmagan kon
lahimlariga berilayotgan havo oqimini yo‘naltirish va boshqarish, havo miqdorining
germetik bo‘lmagan konlarda lahimlar uzunligi, ular o‘rtasidagi bog‘lanish holati,
tashqi va ichki havo yo‘qotishlari, aerodinamik qarshiliklar qiymatlarini aniqlash
hamda aerodinamik qarshiliklarni kamaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Tadqiqot ishi laboratoriya sharoitida ishlab chiqilgan aerodinamik quvurli stend
va tabiiy sharoitda Zarmitan koni lahimlari topologiyasiga mos ravishda
ishlab chiqilgan fizik modelda o‘tkazilgan. Konda havo oqimining yo‘qotilishi
kon lahimlarining germetiklik darajasi, lahimlarning germetiklik darajasi esa
lahimlarda havo harakatlanishi jarayonida yuzaga keladigan aerodinamik
qarshilik qiymatlariga bog‘liq. Aerodinamik qarshilik qiymatlari, o‘z navbatida,
aerodinamik qarshilik koeffitsiyentlari va ishqalanish koeffitsiyentlari ham
lahimning nogermetiklik darajasi hamda Reynolds soniga bog‘liq holda o‘zgaradi.
Tadqiqot davomida kon lahimlarining bir-biri bilan bog‘langan nuqtalarida ichki
va tashqi havo yo‘qotilishlari aniqlangan. Ushbu yo‘qotilishlarning oldini olish
uchun havo oqimini boshqarish va yo‘naltirishning turli usullarini qo‘llash zarurligi
o‘lchovlar va tahlillar orqali isbotlangan. Shuningdek, maqolada murakkab
shamollatish tizimlariga ega, germetik bo‘lmagan kon lahimlarining shamollatish
samaradorligini oshirish uchun kon lahimlarining germetiklash usullari va
germetiklash vositalari yordamida aerodinamik ko‘rsatkichlar o‘zgarishi natijalari
keltirilgan. Konlarda shamollatish tizimlari elementlarida havo harakatida kon
lahimlarining aerodinamik qarshiligi, mahalliy qarshiliklar va ayniqsa, shamollatish
tarmog‘ining germetik bo‘lmagan uchastkalari aerodinamik ko‘rsatkichlarni
doimiy ravishda o‘lchab borishni talab etadi. Shaxtalarda shamollatish tizimidagi
aerodinamik masalalarni hal qilish uchun konlarda shamollatishni yaxshilash bo‘yicha
ishlab chiqilgan kompleks yondashuvlardan keng foydalanish tavsiya etilgan.

Nashr sanasi

The article reveals issues of directing and controlling the air low supplied to permeable mine excavations in ventilation networks through experimental studies at mining and experimental rigs , determining the values of external and internal air losses and aerodynamic resistances relating to the amount of air supplied to permeable mine workings , the length of the mine excavations in permeable mines , the state of binding between the workings and reduction of aerodynamic drag. The research was made using a stand developed in laboratory conditions as well in natural conditions by means of a physical model made in accordance with the topology of the mine workings of the Zarmitan deposit. The loss of the air low in the mine depends on the degree of the excavation’ tightness , while the latter will depend on the values of aerodynamic resistance developing within the process of air movement in the excavation. Values of aerodynamic resistance , in turn , also vary depending on the level of leakage of the mine as well as on the of aerodynamic drag- and friction coeficients , and Reynolds number. The study revealed internal and external air losses at the points of contact of the mine workings. The need for various methods for the air low control in view of the losses’ prevention , has been proven by means of measurements and analysis. Also , the article presents effects from changes of aerodynamic parameters using sealing methods and agents that serve to increase ventilation eficiency of leaky mine workings with complex ventilation systems. Aerodynamic resistance during air movement within the elements of mine ventilation systems , local resistance and especially leaky sections of the ventilation network require continuous measurement of aerodynamic parameters. Broad use of the developed comprehensive approaches to improvement of mines’ ventilation system is being recommended in view to address the aerodynamic issues in the ventilation system of mines.

Mualliflar haqida

How to Cite

Musurmanov Elyor Shirinkulovich. (2025). SHAMOLLATISH TARMOQLARINI MODELLASHTIRISHDA GERMETIK BO‘LMAGAN KON LAHIMLARIDA AERODINAMIK KO‘RSATKICHLARNI EKSPERIMENTAL TADQIQ QILISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 7(6), 8–17. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/402
Ko'rishlar soni: 18