IPAK-PAXTA ARALASH TO‘QIMALARNI TAXTLASH KO‘RSATKICHLARINI TADQIQ QILISH (ADRAS GAZLAMASI MISOLIDA)

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida mahalliy qimmatbaho ipak tolasini qayta ishlash, eksportbop tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarga oid ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, o‘zbek olima ayollarining milliy brendga aylangan matolarimiz, ularning ahamiyatli tomonlariga doir ilmiy tadqiqotlari tahlil qilingan. Mavjud adras matolari asosida yangi turdagi milliy adras matosi ishlab chiqarilib, taxtlash ko‘rsatkichlari va sirt zichligi qiyosiy tadqiq qilingan.
Tahlil natijalaridan shuni aytishimiz mumkinki, sof paxta ipidan ishlab chiqarilgan polotno o‘rilishli adras matolari va atlas o‘rilishli klassik adras matolarida taxtlash ko‘rsatkichlarini tanlashda tanda ipi ingichka, arqoq ipi nisbatan yo‘g‘on tamoyiliga amal qilinmagan, taxtlash ko‘rsatkichlari nazariy asoslanmagan. Bu esa matoning sirt ko‘rinishi (jilosi)ga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun adras matolari ko‘rimliligini oshirish uchun taxtlash ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish zarur. O‘zbekistonda nafaqat milliy matolarimiz turini ishlab chiqarishni ko‘paytirish, shuningdek, ilm-fanda xotin-qizlar ishtirokidagi salmoqli tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish maqsadga muvofiq.

How to Cite

Doniyorova Matluba Adashbayevna, Rajapova Umida Baxtiyarovna, & Yo‘ldasheva Mohira Maxsudovna. (2023). IPAK-PAXTA ARALASH TO‘QIMALARNI TAXTLASH KO‘RSATKICHLARINI TADQIQ QILISH (ADRAS GAZLAMASI MISOLIDA). ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 6(2), 73–80. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/418
Ko'rishlar soni: 3

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari