QATLAMLI SILIKATLAR VA IZOTAKTIK POLIPROPILEN ASOSIDAGI KOMPOZITLARNING MEXANIK VA TERMIK XUSUSIYATLAR

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Mazkur maqolada polipropilen (PP) va qatlamli silikatlar asosida polimer kompozit-sion materiallarning melt mixing usuli orqali olinishi bayon qilingan. Malein angidrid payvandlangan poli-propilen (MA-p-PP) kompatibilizator (moslashtirgich) sifatida ishlatildi va kompatibilizator miqdorining qatlamlararo turli xil zichlikdagi modifi kator joylash-gan ikki turdagi qatlamli silikatlar asosidagi kom-pozitlarining termik va mexanik xususiyatlariga ta’siri o‘rganildi. Kompozit tarkibidagi to‘ldiruvchi miqdori o‘zgarmas 3 % ni tashkil qilgan holda, kompatibiliza-tor 3, 6, 9 va 12 % gacha o‘zgartirildi. Modifi katorning zichligi yuqoriroq bo‘lgan qatlamli silikat Cloisite15A interkalatsiyalangan tuzilmalarni hosil qildi. Modifi ka-torning zichligi nisbatan pastroq bo‘lgan Cloisite20A da esa, asosan, eksfoliatsiyalangan nanokompozit-lar olishga erishildi. Nanostrukturaning shakllani-shi termik barqarorlikning sezilarli darajada o‘sishi-ga olib keldi (50 % vazn yo‘qotish polipropilen va uning asosidagi nanokompozitlar uchun mos ravish-da 360 °C va 430 °C haroratlarda kuzatiladi). Nano-kompozitlarning mexanik xususiyatlari tahlili elastik-lik modulning 15–20 % ga oshishi va bu ta’sir eksfo-liatsiyalangan tuzilmalar uchun yaqqolroq namoyon bo‘lishini ko‘rsatdi. Oquvchan holatga o‘tish kuchla-nishi amalda o‘zgarmasdan saqlanib qolgan holda, elastik deformatsiya sezilarli darajada kamaydi.

How to Cite

Berdinazarov Qodirbek Nuridin o‘g‘li, Haqberdiyev Elshod Olmosovich, Normurodov Nurbek Fayzullo o‘g‘li, Dusiyorov Nizomiddin Zokir o‘g‘li, & Ashurov Nigmat Rustamovich. (2025). QATLAMLI SILIKATLAR VA IZOTAKTIK POLIPROPILEN ASOSIDAGI KOMPOZITLARNING MEXANIK VA TERMIK XUSUSIYATLAR. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 6(2), 42–52. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/421
Ko'rishlar soni: 11

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari