3D TEXNOLOGIYALAR ASOSIDAGI MILLIY VIRTUAL UNIVERSITET TIZIMIGA 3D OBYEKTLARNI JOYLASHTIRISH VA QURISH
Abstrakt
Maqolada virtual reallik tizim-larining qo‘llanilish sohalari va tarkibi, virtual ta’lim muhiti platformalari va qiyosiy tahlili nati-jalari, ularning virtual elektron formatdagi o‘quv kontentlarini namoyish etishdagi roli yoritilgan.
Tadqiqot predmetini virtual muhitlarda obyekt-larning 3D modellarini geometrik modellashti-rish, vizuallashtirish usullari hamda dasturiy vosi-talari tashkil etadi. Tadqiqotning maqsadi virtual universitet tashkil qilishda eksteryer va interyer obyektlarning 3D modellarini tasvirlash va vizual-lashtirishni shakllantiruvchi algoritmlari hamda virtual universitet tashkil qilishda 3D modellarini yaratish dasturiy vositasini ishlab chiqishdan ibo-rat. Tadqiqotning ilmiy yangiligi sifatida vizual-lashtirishda 3D obyektlarni geometrik model-lashtirishda yangi usullar, ya’ni konstruktiv man-tiqiy-algebraik R-funksiya usuli (RFM) taklif eti-ladi. Tadqiqotning amaliy natijalari asosida ta’lim muassasalarida o‘qitishning zamonaviy virtual 3D muhitlarda bilim oluvchilarning faolligini oshirish-ga mo‘ljallangan va bu orqali zamonaviy milliy landshaft dizayn bilan loyihalashtirilgan virtual uch o‘lchovli muhitda o‘qitish jarayoniga ko‘mak-lashuvchi o‘zbek tilidagi “vAcademia.uz” dasturiy vositasi ishlab chiqilgan.