SO‘Z MA’NOSINI ANIQLASHDA NAIVE BAYES ALGORITMIDAN FOYDALANISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Tabiiy tilni qayta ishlash jarayon-larining dolzarb masalalaridan biri – bu so‘z ma’no-sini aniqlashdir. So‘z ma’nosini aniqlash masalasi-ning muhim elementi sifatida omonim so‘zlar qaraladi.
Bu masalani yeсhishda mashinali o‘qitishga asoslan-gan usullar alohida o‘rin tutadi. Naive Bayes klassi-fi katori ana shunday usullardan biridir. O‘zbek tilida-gi turli va grammatik jihatdan o‘xshash bo‘lgan so‘z turkumlari orasidagi omonimiyani bartaraf etishda Naive Bayes klassifi katori soddaligi va tezkorligi bilan boshqa usullardan ajralib turadi. Mazkur klassifi kator ko‘p sinfl i tasnifl ashning eng mashhur algoritmlaridan biri bo‘lib, ko‘rib chiqilayotgan ma’lumotlarga qarab, Naive Bayes algoritmlarining 3 turi (Gauss, Multino-minal, Bernoulli)ning istalganidan foydalanish mum-kin. Ushbu maqolada o‘zbek tilining grammatik ji-hatdan o‘xshash bo‘lgan so‘z turkumlari orasidagi omonimiyani aniqlashda klassifi katordan foydalanish jarayonlari batafsil yoritib berilgan.

How to Cite

Elov Botir Boltayevich, & Axmedova Xolisxon Ilxomovna. (2023). SO‘Z MA’NOSINI ANIQLASHDA NAIVE BAYES ALGORITMIDAN FOYDALANISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 6(3), 44–54. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/427
Ko'rishlar soni: 11