RAQAMLI DASTURIY MAHSULOT YORDAMIDA ONKOEPIDEMIOLOGIK VAZIYATNI NAZORAT QILISH USULI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Xavfl i o‘smalarni ro‘yxatga olish onkologik xizmat va saratonga qarshi kurashishni tash-kil etishning muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Saraton registri ishonchli maʼlumotlarisiz onkologik xizmatni rejalashtirish va uni yanada rivojlantirish mumkin emas.
Mazkur tadqiqot ishining maqsadi raqamli dasturiy mahsulot yaratish asosida O‘zbekiston Respublikasida onkoepidemiologik holatga kompleks baho berishdir.
Ushbu maqolada keltirilgan tizim bu borada muhim o‘rin tutadi. Tizim O‘zbekiston Respublikasida xavfl i o‘smalar bilan kasallangan bemorlarga onkologik yordam tashkil etilishni asosiy statistik ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilishga ko‘maklashadi. Tadqiqot ishi davomida xavfl i o‘sma kasalligi holatlarini ro‘yxatga olishdagi xato va kamchiliklarni aniqlash maqsadida xavfl i o‘smalar bilan kasallangan birlamchi bemorlarning populyatsion maʼlumotlar bazasi yaratildi. Raqamli dasturiy mahsulot yaratish uchun zarur bo‘lgan metodologiya, kodifi katorlar ro‘yxati va maʼlumotnomalar shakllantirildi. Tadqiqot predmeti sifatida O‘zbekiston Respublikasida populyatsion saraton kasalligini ro‘yxatga olishning uslubiy jihatlarini takomillashtirishda birlamchi xavfl i o‘smalar bemorlari hisoboti tibbiy hujjat shakllari, xavfl i o‘smalarni ro‘yxatga olish va hisobini yuritish bo‘yicha xalqaro tavsiyanomalar tahlili, maʼlumotlar bazasi va elektron dastur yaratish materiallari olingan. O‘zbekiston Respublikasida populyatsion saraton kasalligini ro‘yxatga olishning uslubiy jihatlarini takomillashtirish davomida olingan materiallarni umumqabul qilingan usullar bo‘yicha hisoblash va qayta ishlash elektron dasturlaridan tadqiqot usuli sifatida foydalanilgan

How to Cite

Alimqulov Nurmuhammad Muqumjon o‘g‘li, & Xudayberdiyev Mirzaakbar Xakkulmirzayevich. (2023). RAQAMLI DASTURIY MAHSULOT YORDAMIDA ONKOEPIDEMIOLOGIK VAZIYATNI NAZORAT QILISH USULI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 6(4), 15–26. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/438
Ko'rishlar soni: 15

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari