AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIGA BOʻLADIGAN KIBERHUJUMLAR TAHLILI VA TASNIFI
Abstrakt
Mazkur maqolada xizmat koʻr-satishdan voz kechishga undovchi taqsimlangan kiberhujumlar tahlil qilingan va ularning tasnifi ish-lab chiqilgan. Ushbu hujumlarning toifalari bo‘yicha kamchiliklari tavsifl angan. Hujumlarning har bir toi-fasi uchun uni amalga oshirish sxemasi misollar yordamida yoritilgan. Yovuz niyatli foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirilgan hujumlar soni, ular-ning maqsadi va turi tahlil qilingan. Tadqiqot nati-jalariga koʻra, xizmat koʻrsatishdan voz kechishga undovchi taqsimlangan hujumlarni amalga oshirish-da yovuz niyatli foydalanuvchilar tomonidan UDP fl ood (53,64 %) eng koʻp foydalanilgan va GRE fl ood (1,41 %) eng kam foydalanilgan hujum turi ekanli-gi aniqlangan. Xizmat ko‘rsatishdan voz kechishga undovchi taqsimlangan hujumlar xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarni tashvishga soladigan asosiy masa-ladir. Ushbu maqola tadqiqotchilar va kiberxavfsizlik mutaxassislariga zamonaviy xizmat ko‘rsatishdan voz kechishga undovchi taqsimlangan hujumlarni amalga oshirish vositalarini yaxshiroq tushunishlari uchun foydali bo‘lishi mumkin