SINTETIK INERSIYA ROSTLAGICHLARINING O‘TKINCHI HOLATLARDA ELEKTR ENERGETIKA TIZIMLARI CHASTOTA O‘ZGARISHIGA TA’SIRI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada turgʻunlik chegaralari-ni oshirish va tebranishlar chastotasini dempferlash maqsadida shamol elektr stansiyalari sintetik inersi-ya manbalari sifatida koʻrib chiqildi. Ushbu tadqiqot-ning maqsadi tebranishlar chastota amplitudasini oʻtkinchi holatlarda kamaytirish uchun shamol ener-getik qurilmalarining sintetik inersiya rostlagichlari-dan foydalanish imkoniyatini aniqlashdir. Koʻp sonli shamol elektr stansiyalarini birlashtirishning nati-jalaridan biri – bu tizim ishi uchun kerakli boʻlgan kinetik energiya (inersiya) miqdorini kamaytirishdir.
Agar tizim inersiyasi juda past boʻlsa, u katta ishlab chiqarish bloklari ishlamay qolganda chastota barqa-rorligini buzishi mumkin. Tizimdagi inersiya momenti qanchalik kichik boʻlsa, faol quvvat balansi buzilgani-dan keyin chastota oʻzgarishi shunchalik koʻp boʻla-di. Tadqiqot davomida shamol elektr stansiyasining sintetik inersiya rostlagichi ishlab chiqildi, bu oʻtkin-chi holatlarda chastotaning pasayishini kamaytirish imkonini beradi. Inersiya rostlagichi uchun kuchayti-rish koeffi tsiyentlarini tanlash boʻyicha tavsiyalar berilgan. Sintetik inersiya rostlagichiga ega shamol qurilmalari uchun boshqaruv modeli keltirilgan.
Elektr energetika tizimining test sxemasi misolida yuklama oshishi va qisqa tutashuv koʻrinishidagi buzilishlarni modellashtirish amalga oshirildi. Natija-da shamol elektr stansiyasi mavjud boʻlmaganda va mavjud boʻlganda, elektr energetika tizimining chas-totasini oʻzgartirish xususiyatlari olindi

How to Cite

Maхmudov Toxir Farxadovich. (2023). SINTETIK INERSIYA ROSTLAGICHLARINING O‘TKINCHI HOLATLARDA ELEKTR ENERGETIKA TIZIMLARI CHASTOTA O‘ZGARISHIGA TA’SIRI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 6(4), 45–52. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/441
Ko'rishlar soni: 38