MOBIL UYDA QUYOSH VA BIOGAZ ENERGETIK QURILMALARNING INTEGRATSIYALASHGAN ENERGIYA TA’MINOTI TIZIMI
Abstrakt
Ushbu maqolada markazlashgan energiya ta’minotidan uzoqda joylashgan hududlar-dagi issiqlik va elektr energiyasi iste’molchilari uchun to‘liq muqobil energiya manbalari asosidagi avtonom energiya ta’minoti tizimiga ega mobil uyning asosiy o‘lcham va parametrlari keltirilgan.
Mobil uyning umumiy prinsipial sxemasi, ya’ni quyosh kollektori, quyosh fotobatareyasi, piroliz va biogaz qurilmala-rining integratsiyalashgan namunasining mobil (ko‘chma) uyga o‘rnatilgan ko‘rinishi tasvirlangan. Bundan tashqari, mobil uyni qo‘llash obyekti hamda uning qishloq va fermer xo‘jaligi klasterlari, baliqchilik, asalarichilik sohalari uchun energetik va iqtisodiy samaradorligi bayon qilingan. Maqolada, shuningdek, mobil uyga o‘rnatilgan qurilmalarning ishlash ketma-ketligi va prinsiplari yoritilgan