SEMENT SANOATI TUTUN GAZLARIDAN KARBONAT ANGIDRIDNI AJRATISH JARAYONINI MODELLASHTIRISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Hozirgi kunda yer yuzi aholisi iqlim oʻzgarishlari ta’siridan aziyat chekmoqda. Iqlim oʻzgarishlarining asosiy sabablaridan biri – bu issiqxona gazlari, xususan, karbonat angidridning atmosfera-dagi konsentratsiyasi oshib ketishidir. Antropogen ta’sirlar tufayli karbonat angidridning atmosferadagi konsentratsiyasi sanoat inqilobi boshlangandan buyon qariyb 1,5 barobar ortgan. Sement ishlab chiqarish jarayoni ham CO2 emissiyasining asosiy manbalaridan biri hisoblanib, global miqyosda yiliga 2,3 Gt CO2 ni atmosferaga emissiya qilmoqda. Ushbu ishda sement ishlab chiqarish sanoatida tutun gazlaridan CO2 ni ajratish jarayoni tahlil qilindi. Dastlab yiliga 1 Mt sement ishlab chiqarish zavodi Aspen Plus dasturida modellashtirildi. Keyingi bosqichda esa sement zavodi tutun gazlari tarkibidagi CO2 ni kamaytirishga qaratilgan usullardan membrana vositasida ushlab qolish texnologiyasi modeli tuzildi. Ushbu model asosida 90 %dan kam boʻlmagan ushlab qolish samaradorligi hamda 95 %dan kam boʻlmagan CO2 tozaligi shartlari uchun zarur membrana yuzasi va bosimlar farqi qiymatlari aniqlandi.

How to Cite

Toʻraqulov Zafar Safarovich. (2023). SEMENT SANOATI TUTUN GAZLARIDAN KARBONAT ANGIDRIDNI AJRATISH JARAYONINI MODELLASHTIRISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 6(6), 6–14. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/455
Ko'rishlar soni: 14