TUT IPAK QURTI PILLASI G‘UMBAGINI JONSIZLANTIRUVCHI QUYOSH ISSIQLIK QURILMASI ICHIDAGI HARORAT O‘ZGARISH TEMPINING MATEMATIK MODELI
Abstrakt
Mazkur maqolada tut ipak qurti-ning tirik pilla g‘umbagini jonsizlantirish uchun yo-qilg‘i-energetik resurslar sarfi ni kamaytirish maqsadida tut ipak qurti pillasi g‘umbagini jonsizlantirishga maxsus mo‘ljallangan, ish unumdorligi yuqori bo‘lgan quyosh issiqlik qurilmasi taklif etilgan. Ushbu qurilmani joydan-joyga tashish qulay bo‘lib, buni istalgan turdagi transport vositasida bajarish mumkin. Shuningdek, yuqori malakaga ega bo‘lmagan ishchi-xodimlar ham ushbu qurilmada pillalarga ishlov bera oladi. Qurilmaning pillalarga dastlabki ishlov berish bazalariga joriy qilinishi mavjud konveyer tipidagi pilla quritish agregatlarida pilla g‘umbagini jonsizlantirishga sarf bo‘ladigan yoqilg‘i-energetik resurslar sarfi ni 100%ga tejash imkonini beradi. Tirik pilla solingan quyosh issiqlik qurilmasi ichida harorat rejimini tadqiq etish bo‘yicha tajribalar ishlab chiqarish sharoitida o‘tkazildi. Tashqi havo va quyosh issiqlik qurilmasi ichidagi haroratlar, shuningdek, qurilmaning gorizontal sirtiga tushuvchi yig‘indi quyosh radiatsiyasi oqimi aprobatsiyalangan o‘lchash vositalari yordamida amalga oshirildi. Tajriba tadqiqoti natijalaridan kelib chiqib, quyosh issiqlik qurilmasini tashkil etuvchi elementlarining issiqlik texnikaviy xarakteristikalari, quyosh radiatsiyasi va tashqi havo harorati o‘zgarishini e’tiborga oluvchi quyosh issiqlik qurilmasi ichidagi harorat o‘zgarish tempining matematik modeli ishlab chiqildi. Ushbu matematik model yordamida qurilma ichida kerakli haroratni ta’minlab bera oladigan pilla g‘umbagini jonsizlantiruvchi quyosh issiqlik qurilmalarini ishlab chiqish mumkin.