TOʻQUV DASTGOHLARINING ASSORTIMENTLIK IMKONIYATLARI ASOSIDA KOʻNDALANG YOʻL-YOʻL NAQSHLI GAZLAMALARNING YANGI TURLARINI YARATISH
Abstrakt
Ushbu maqolada O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida xomashyodan tayyor mah-sulotgacha ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarga oid ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, toʻquvchilik korxonalarida mavjud dastgohlarning assortimentlik imkoniyatlaridan keng foydalanish va shu asosda geometrik naqsh-li gazlamalar ishlab chiqarishni asoslashga oid ilmiy tadqiqotlar tahlil qilingan. “SUN TEX” MChJda mavjud Itema fi rmasining R9500 toʻquv dastgohlarida yoʻl-yoʻl naqshli toʻqimalar ishlab chiqarish uchun oʻrilishlar loyihalandi. Zamonaviy toʻquv dastgohining homuza hosil qilish mexanizmi, koʻp rangli mexanizmi va elek-tron toʻqima rostlagichlari texnologik imkoniyatlari aso-sida turli chiziqli zichlik va turli tolali tarkibdagi arqoq iplaridan foydalanib, sinov namunalari ishlab chiqaril-di. Kimyoviy tolalardan tayyorlangan ko‘ylak, ko‘ylak-kostyum va kostyum matolari uchun GOST 29223-91 xalqaro standartida belgilangan talablarga prototi-plarning ishlash xususiyatlari va muvofi qligi o‘rganildi