IoT ga ASOSLANGAN 4.0 QISHLOQ XOʻJALIGIDA MONITORING TIZIMI
Abstrakt
Qishloq xo‘jaligi jahon iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biriga aylanib bormoqda. Aqlli texnologiyalar agrosektorning raqamli davrga ishonch bilan kirish va jarayonlarni sifatli optimallashtirishga yordam beradi. Bu tabiiy resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydi. IoT (Internet of Things) tizimini qo‘llash orqali qishloq xoʻjaligida hosildorlik o‘sishi, sifat yaxshilanishi, ekinlar unumdorligi oshishi hamda oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanadi. Qishloq xo‘jaligida datchiklardan foydalanish intellektual ferma yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir. Ular oʻnlab kvadrat kilometrlardagi obyektlarning holati, xususan, havo namligi, harorati, oʻsimliklar holati va yorugʻlik intensivligi parametrlari toʻgʻrisida real vaqtda doimiy ravishda maʼlumotlar uzatadi. Ushbu maqolada qishloq xoʻjaligida oʻsimliklar (gullar)ni masofadan turib oʻstirish jarayoni toʻrt xil usulda koʻrib chiqildi. Oʻsimliklar oʻsish holatini taxmin qilish uchun havo harorati, namlik, tuproq namligi va yorugʻlik intensivligini bilish maqsadida oʻsimliklar turli joylarda turli idishlarda oʻstirildi. Sensor tizimi uchun Arduino tajribasi qoʻllanildi va sensorlar yordamida oʻsimliklarning oʻsish monitoringi olib borildi.