ARALASHTIRGICH QOPQOG‘I PARAMETRLARINI ASOSLASH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada bugungi kunda chorva mollari mahsuldorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan dag‘al va shirali ozuqalar hamda ozuqabop sanoat chiqindilari bilan kombinatsiyalangan ozuqa aralashmasi tayyorlashning dolzarbligi ko‘rib chiqilgan. Ozuqa aralashmasini tayyorlash samaradorligini oshiruvchi muhim omillardan biri – bu uni oqimli usulda tayyorlash hamda energiya va resurstejamkor uzluksiz ishlovchi aralashtirgichdan foydalanishdir. Aralashtirgichning ish sifati, unumdorligi va energiya sarfiga toʻg‘ridan-toʻg‘ri ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biri aralashtirgich kamerasi shaklini belgilovchi qopqoqni ishlab chiqish zaruratidir.
Qopqoqning parametrlari nazariy va amaliy jihatdan aniqlangan bo‘lib, parametrlar va ishchi organ rejimining aralashtirgich ish unumdorligi va texnologik jarayonning bajarilishi uchun talab qilinadigan quvvatga ta’sirini ifodalovchi matematik formulalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra, aralashtirish kamerasida ozuqa aralashmasining bo‘lish vaqti 2,47 s, o‘qiy tezligi 0,81 m/s va aralashtirgichning ish unumdorligi 15,5 t/h ni tashkil etadi. Ozuqa aralashmasining hajmiy massasi 120÷600 kg/m3 oralig‘ida boʻlganda, aralashtirgichning nazariy ish unumdorligi 7÷24 t/h va texnologik jarayon bajarilishi uchun talab qilinadigan quvvat esa 0,45÷1,52 kVt bo‘lishi nazariy jihatdan asoslab berilgan. Olingan ma’lumotlar asosida uzluksiz ishlovchi aralashtirgichlardan sanoat namunalari ishlab chiqishda foydalanish tavsiya etilgan.

How to Cite

Eshdavlatov Eshpо‘lat Uzoqovich, Suyunov Alisher Abdigapporovich, & Shodiyev Shahriyor Nomoz о‘g‘li. (2024). ARALASHTIRGICH QOPQOG‘I PARAMETRLARINI ASOSLASH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 7(6), 61–73. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/480
Ko'rishlar soni: 10