MOTOR MOYLARINING AVTOMOBIL EKSPLUATATSIYASIGA TA’SIRI
Abstrakt
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi iqlim sharoitida motor moylari sifat ko‘rsatkichlarining chegaraviy qiymatlarini ishlab chiqishga doir masalalar o‘rganilgan. Dvigatelda motor moyi sifati nafaqat dvigatelning asosiy mezonlari, resursi va texnik holati, balki motor moylari sarfi hamda almashtirish muddatlariga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Moylarni almashtirish muddatlari esa uning ekspluatatsiya sharoitida chegaraviy qiymatlari miqdoriga bog‘liq.
Motor moylari dvigatel konstruksiyasi uchun eng zarur ashyo bo‘lib, moylash materiallari sifati yonilg‘i tejamkorligi va dvigatelning uzoq muddat ishlashiga ta’sir qiladi. Neft mahsulotlari zaxirasining kamligi va narxining qimmatligi ulardan tejamli foydalanishni talab etadi. Motor moylari sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi, transport vositalari samaradorligiga salbiy ta’sirini o‘rganish hamda ushbu ta’sirlarni iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda kamaytirish dolzarb muammodir. Tadqiqot predmeti sifatida motor moylarining fizik-kimyoviy xossalari va ekspluatatsion ko‘rsatkichlari kabi omillar olingan. Ekspluatatsiya sharoitida motor moylari sifat ko‘rsatkichlarining chegaraviy qiymatlari bo‘yicha zarur adabiyotlarni tahlil qilish, motor moylari assortimenti hamda motor moylarini ekspluatatsiya sharoitida sifat ko‘rsatkichlari chegaraviy qiymatlarini o‘rganish tadqiqotning asosiy maqsadidir. Laboratoriya sharoitida eksperimental tadqiqotlar o‘tkazilib, ekspluatatsiya sharoitida motor moylari sifat ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari tanlab olindi. Shuningdek, motor moylari sifat ko‘rsatkichlarining chegaraviy qiymatlari ishlab chiqildi.