V ERTIKAL DRENAJ TIZIMLARIDA ENERGIYA TEJAMKOR TEXNOLOGIYA
Abstrakt
Maqolada oqim energiyasidan foydalanadigan oqimchali nasosning sug‘orish va melioratsiya tizimidagi vertikal drenajlarning energiya samaradorligini oshirish maqsadida amaliyotda qo‘llanishi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari bayon etilgan. Bugungi kunda elektr energiyasiga bo‘lgan talabning ortib borishi va narxining oshishi melioratsiya hamda sug‘orishda ishlatilayotgan nasoslarning energiya sarfini kamaytirish uchun energiya tejamkor mexanizmlardan foydalanish zaruratini taqozo etmoqda. Oqimchali nasosni amaliyotda qo‘llash ishlari Sirdaryo viloyati Guliston shahar hududidagi vertikal drenajda amalga oshirilib, tabiiy dala sharoitida gidravlik parametrlar suv sarfining 0,8–1,6 l/s gacha va quvurdagi bosimi 0,5–1,0 atm gacha oralig‘ida sinov ishlari olib borildi. Dala va laboratoriya tadqiqot natijalari o‘zaro qiyosiy baholanib, nisbiy sarf va nisbiy napor orasidagi bog‘lanishlar olingan. Ularning aniqlilik darajasi koreliatsiya koeffitsiyenti (R2 = 0,91) orqali asoslangan.
Oqimchali nasoslarni vertikal drenajlarda qo‘llash bo‘yicha shartlar va tavsiyalar qayd etilgan.