NOQAT’IY MANTIQ ASOSIDA BILVOSITA QUYOSH QURITGICHLARINING HARORAT DINAMIKASINI BASHORAT QILISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

O‘zgaruvchan ob-havo sharoitida ishlaydigan bilvosita quyosh quritgichlarida mahsulotlarni quritish jarayoni murakkab nochiziqli tizim hisoblanadi. Ushbu turdagi quritgichlar samaradorligini aniqlash, tahlil qilish va kelgusidagi ish faoliyatini bashorat qilish uchun tizimni modellashtirish dolzarbdir.
Modellashtirish quritish jarayonining murakkab dinamikasini hisobga olgan holda, optimallashtirishga yordam beradi. Quritish kamerasidagi haroratni bashorat qilish quritish jarayoni samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Haroratni nazorat qilish mahsulotning namlik darajasini samarali kamaytirish bilan birga uning oziqaviy xususiyatlarini maksimal darajada saqlash imkonini beradi. Shu sababli harorat qiymatlarini oldindan aniq bashorat qilish quritish jarayonida mahsulot sifatini yaxshilash va jarayonni yanada samarali qilish uchun zaruriy shartdir. Ushbu maqolada turli ob-havo sharoitlari uchun o‘rganilgan quritgichda bir qator eksperimental tajribalar o‘tkazilib, uning statik va dinamik xususiyatlari o‘rganildi. Tajriba natijalari asosida Mamdani usulidan foydalangan holda, tegishlilik funksiyalari shakllantirilgan va xulosa chiqarish mexanizmining qoidalar bazasi ishlab chiqilgan. Mamdani algoritmi modeli o‘qitilganda, quyosh radiatsiyasi 700 W/m² va tashqi muhit harorat 46 °C bo‘lganda, quritish kamerasidagi harorat 50,9°C hamda quyosh radiatsiyasi 750 W/m² ga tenglashganda, tashqi harorat 50 °C atrofida bo‘lganda, quritish kamerasidagi harorat 52 °C ga teng bo‘lishi aniq bashorat qilindi. Bu esa tajriba natijalari bilan to‘liq mos keladi. Taklif etilayotgan modelning aniqligi o‘rtacha kvadratik xatolik (RMSE) 0,38 °C, o‘rtacha kvadratik xatolik foizi (RMSE %) 0,82 % ekanligini ko‘rsatdi.
Bu usul orqali kelajakda quyosh quritgichlarining avtomatik rostlash tizimlarini yaratish va quritish texnologiyalarini takomillashtirish imkoniyati oshadi.

How to Cite

Rejabov Sarvar Abdurasulovich, Usmonov Botir Shukurillayevich, Usmanov Komil Isroilovich, & Artikov Asqar Asqarovich. (2024). NOQAT’IY MANTIQ ASOSIDA BILVOSITA QUYOSH QURITGICHLARINING HARORAT DINAMIKASINI BASHORAT QILISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 7(5), 8–18. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/487
Ko'rishlar soni: 13

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari