TUT IPAK QURTI PILLASI G‘UMBAGINI JONSIZLANTIRUVCHI QUYOSH QURILMASI ICHIDAGI HARORAT VA NAMLIK REJIMLARINING TAJRIBAVIY TADQIQOTLARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada tut ipak qurti pillasi g‘umbagini jonsizlantirish jarayonida quyosh energiyasidan foydalanish masalasi ko‘rib chiqilgan. Maqolada issiqxona turidagi quyosh qurilmasi ichidagi harorat va namlik rejimlarini tadqiq etish bo‘yicha tajriba natijalari keltirilgan. Pilla g‘umbagini jonsizlantirish jarayonida quyosh qurilmasi ichidagi harorat va namlik o‘zgarishi aprobatsiyalangan asboblar yordamida, umumiy uslubga asoslanib amalga oshirildi. Tajriba natijalari asosida quyosh qurilmasi ichida pilla g‘umbagini jonsizlantirish jarayonida ulardan bug‘lanib chiqqan namlik miqdorini hisoblovchi matematik formula ishlab chiqildi va taklif etildi. Shuningdek, hisoblash natijalari taqdim qilindi. Hisob-kitob natijalaridan ko‘rinib turibdiki, quyosh qurilmasida issiqlik ishlovi berish jarayonida pilla namligining bug‘lanib chiqishiga juda oz miqdorda issiqlik energiyasi sarflanishi sababli uning qurilma umumiy issiqlik balansiga ta’sirini inobatga olmaslik ham mumkin. Bu holat pilla g‘umbagini jonsizlantirish jarayoni samaradorligini yanada
oshirish imkonini beradi. Maqolada quyosh qurilmasi va ishlab chiqarishda pilla g‘umbagini jonsizlantirishda foydalanilayotgan pilla quritish agregatida ishlov berilgan pilla namligining o‘zgarishi natijalari bayon qilindi. Natijalardan ko‘rish mumkinki, quyosh qurilmasida g‘umbagi jonsizlantirilgan pillalar namlikni oz miqdorda yo‘qotishiga qaramasdan, ularning soyali pilla quritgichlarda havo namligidagi quruq pilla holatiga kelguniga qadar qurish davomiyligi pilla quritish agregatida ishlov berilgan pillalarning qurish davomiyligi bilan bir xil. Vaqt o‘tishi bilan pillalarni pillani qayta ishlash fabrikalarida chuvashga qadar uzoq muddatga saqlash uchun qoplarga joylash mumkin.
Kalit so‘zlar: tirik pilla, tut ipak qurti, quyosh qurilmasi, pilla quritish agregati, pilla namligi, pilla g‘umbagini jonsizlantirish, havo namligidagi quruq pilla, havoning nisbiy namligi, pilladan namlikning bug‘lanishi, soyali pilla quritgich

Mualliflar haqida

How to Cite

Umarov Sardor Fotixovich. (2024). TUT IPAK QURTI PILLASI G‘UMBAGINI JONSIZLANTIRUVCHI QUYOSH QURILMASI ICHIDAGI HARORAT VA NAMLIK REJIMLARINING TAJRIBAVIY TADQIQOTLARI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 7(5), 41–53. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/491
Ko'rishlar soni: 23