AVTOMOBIL SANOATI ISHCHILARI UCHUN YANGI ASSORTIMENTDAGI MAXSUS KIYIM LOYIHALASHDA TAVSIYALAR ISHLAB CHIQISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada аvtomobil sanoati ishchilarining maxsus kiyim kiyish jarayonida ter ajralib chiqish uchastkalari topografiyasini o‘rganish asosida ventilyatsiya elementlaridan foydalanish orqali maxsus kiyim loyihalash vazifasi o‘rganildi. Ishchilarning ish harakatlari paytida maxsus kiyim osti muhiti va tashqi muhit o‘rtasida o‘zaro havo almashinuvi jarayoni tadqiq qilindi. Terlash topografiyasini hisobga olib, uchastkalariga ventilyatsiya elementi qo‘yilgan yangi assortimentdagi maxsus kiyim yaratildi va avtomobil sanoati yigʻuv sexida faoliyat olib boruvchi ishchilarga tavsiya etildi. Bunda хona harorati va nisbiy namligining belgilangan me’yorlarga javob bermasligi; sexdagi uskuna va jihozlar yuzasidagi yuqori haroratning ishchi organizmiga salbiy ta’siri; ishchining harakatlari hisobiga kiyim ostidagi havo almashinuvining buzilishi; smena davomida ishchidan intensiv ter ajralishi natijasida sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi; smena davomida ishchi amalga oshiradigan harakat turlarining maxsus kiyim konstruksiyasida e’tiborga olinmaganligi kabi salbiy omillar mavjudligi aniqlandi. Ushbu omillarni hisobga olgan holda, yig‘uv sexi ishchilari uchun gigiyenik va havo o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichlari yaxshilangan maxsus kiyimlar ishlab chiqishga oid tavsiyalar berildi hamda maxsus kiyim uchun tavsiya etilgan asosiy gazlamalarning strukturaviy, fizik-mexanik ko‘rsatkichlari keltirildi. Yangi assortimentdagi maxsus kiyimni loyihalashda aralash tolali gazlama bilan birgalikda inson tanasi va kiyim osti muhitida havo aylanishini ta’minlash uchun to‘r matolardan foydalanish orqali samarali natijalarga erishildi.

How to Cite

Norboyeva Gulasal Narzullayevna. (2024). AVTOMOBIL SANOATI ISHCHILARI UCHUN YANGI ASSORTIMENTDAGI MAXSUS KIYIM LOYIHALASHDA TAVSIYALAR ISHLAB CHIQISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 7(5), 85–93. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/498
Ko'rishlar soni: 3