ISHONCHLILIK MEZONI ASOSIDA TORTISH ELEKTR TAMINOTI OBEKTLARINI DIAGNOSTIKALASHNING AXBOROT-O‘LCHOV MAJMUASI TIZIMINI OPTIMALLASHTIRISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada tortuvchi elektr ta'minot texnologik ob'ektlari va qurilmalarining boshqarish rejimlari sifatini belgilaydigan texnik holatini nazorat qilish hamda diagnostikalashda foydalaniladigan axborot-o‘lchash komplekslarining (AO‘K) ishonchlilik masalalari ko‘rib chiqilgan. AO‘K har bir sathi va yaxlitligining beshikast ishlashi hamda real texnik holatini baholash, shuningdek, ishonchlilikning boshqa ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun ehtimollar vektorlari va chiziqli graf nazariyasidan foydalanilgan. Analitik va grafik tadqiqotlar asosida AO‘Kning beshikast ishlash vaqti uning bevosita quyi sathlarining ishdan chiqish jadalligiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, yaxlit AO‘K va uning quyi sathlari beshikast ishlashi klassik nazariyalar asosida hisoblangan. Bunda beshikast ishlashning ehtimolligini hisoblashda axborotning korrektsiyalash algoritmi qo‘llanilgan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Yakubov М., Karimov И., & Mo‘minov С. (2021). ISHONCHLILIK MEZONI ASOSIDA TORTISH ELEKTR TAMINOTI OBEKTLARINI DIAGNOSTIKALASHNING AXBOROT-O‘LCHOV MAJMUASI TIZIMINI OPTIMALLASHTIRISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 4(6), 37–45. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/50
Ko'rishlar soni: 17