SUV OMBORI DRENAJLARIDA DALA TADQIQOTLARI OLIB BORISH
Abstrakt
Hozirgi kunda yurtimizda foydalanib kelinayotgan suv omborlarining 95 foizi gruntli to‘g‘onlardan barpo etilgan. To‘g‘on tanasi hamda zaminidan kelib chiqadigan filtratsiya jarayonlarining gruntli to‘g‘onlarga ta’sirini o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi. Shu bois suv ombori drenajlarida filtratsiya suvlari tarkibini o‘rganish va baholash suffoziya hodisalarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiy dala tadqiqotlari davomida Chimqo‘rg‘on suv ombori to‘g‘oni tanasidan bo‘ladigan filtratsiya suvlarini 19 ta gidropostda o‘lchash ishlari amalga oshirildi. Har bir gidropostdan olingan suv namunalarining quruq qoldiq miqdori aniqlanganda, 3a, 4, 7 gidropostlaridagi natijalar yuqori byef suv sathidagi natijalarga juda yaqin bo‘ldi. Qolgan gidropostlarda esa bu ko‘rsatkichlar ancha yuqori darajada ekanligi tadqiq etildi. Olingan namunalarning pH miqdori pH Meters qurilmasida tekshirilib, bir-biridan katta farq qilmayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Filtratsiya suvlarining loyqalik miqdorini aniqlashda spektrofotometr qurilmasidan foydalanildi va 1, 4, 4a, 5, 6, 7, 7b, 8a gidropostlardan olingan namunalarda loyqalik miqdori yuqori bo‘lgani aniqlandi. Ushbu tadqiqot davomida olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘onlarda filtratsiya suvlari tarkibini o‘rganish va filtratsiya jarayonini baholash muhim vazifalardan sanaladi. Bu orqali gruntli to‘g‘onlarning ishonchli ishlashi ta’minlanadi