ELEKTR ENERGIYASI YUKLAMA KO‘RSATKICHLARINI O‘ZGARTIRISH BO‘YICHA MAVJUD USULLAR TAHLILI
Abstrakt
Elektr energiyasiga talabning ortib borishi va iste’molchilarni uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash har qanday energiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi hisoblanadi. Shuningdek, energetika tizimida iste’mol talabining keskin ortib borishi tizimda yetishmovchilik muammolari, tig‘iz davrlarda maksimal yuklamaning ortishiga olib kelmoqda. Energetika tizimida sanoat korxonalari elektr energiyasi iste’molidagi eng yuqori tarmoq hisoblanadi.
Shu sababli energetika tizimi barqarorligini ta’minlashga sanoat korxonalari yuklamalarini rostlash orqali erishish mumkin. Ushbu maqolada sanoat korxonala-rida yuklamalarni rostlashning iste’mol talabini boshqarish, quvvat koeffitsiyentini rostlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, energiya saqlash qurilmalarini qo‘llash, tarmoq cheklovlarini joriy etish hamda tariflashni joriy etish usullari tahlili keltirilgan. Shuningdek, foydalanilayotgan usullarning elektr tarmog‘i turg‘unligi, har birining o‘ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari tahlil qilinib, tig‘iz davrlarda kunning boshqa vaqtiga nisbatan elektr energiyasiga to‘lov miqdorining o‘zgarishi, tizim ishonchliligini ta’minlash va korxona energiya samaradorligiga ta’siri tahlillari ko‘rib chiqilgan. Olib borilgan izlanishlar natijasidan kelib chiqib, iste’molchilarni qayta tiklanuvchi energiya manbalarini akkumulyatsiya qilish va undan tig‘iz davrlarda foydalanishni rag‘batlantiruvchi tarif tizimini ishlab chiqish ilgari surilgan