KAPITAL JAMG‘ARISHNING OLTIN QOIDASI BO‘YICHA ANALITIK VA SONLI YECHIMLAR
Abstrakt
Ushbu maqolada iqtisodiy o‘sish hamda turmush darajasini oshirishda iste’mol va jamg‘arma stavkalarining ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Unda iqtisodiyot-ning barqaror rivojlanishi uchun jamg‘armalarning optimal darajasini ifodalovchi “Oltin qoida” jamg‘arma stavkasi tushunchasi o‘rganilgan. Maqolada iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik muhokama qilingan.
Jamg‘arma stavkalari va barqaror iste’mol o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatish uchun Solou – Swan modeli tahlil qilingan. Solou modeli yordamida barqaror holatdagi iste’mol ifodasi bilan birga “Oltin qoida”ning barqaror holatdagi jamg‘arma stavkasining analitik va sonli yechimlari taqdim etilgan. Maqolada uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish hamda hozirgi va kelajak avlodlar farovonligi uchun joriy iste’mol va kelajakdagi investitsiyalar o‘rtasidagi muvozanatni topish muhimligi ta’kidlangan